UZ | RU | EN
TMI Qoshidagi Moliya Akademik Litseyi
Rasmiy Web Sayti

Asosiy Nizom

  • Har kuni darslarga formada kelish
  • Darslarga mobil telefonlar olib kelmaslik
  • Darslarda e'tibor bilan qatnashish
  • Ijtimoiy tadbirlarda faollik ko`rsatish va ishtirok etish

Tezkor Yuklamalar

  • Dars jadvali
  • Qoida buzuvchilar ro`yxati
  • Yotoqxonada turuvchilar ro`yxati
  • Asosiy adabiyotlar ro`yxati

Bosh Sahifa

Toshkent Moliya Instituti qoshidagi Moliya Akademik litseyi O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligininglitsey 1996-yil 8-fevralidagi 29-sonli hamda Ta’lim vazirligining 1996-yil 8-fevralidagi 31-sonli qo’shma qarori bilan oddiy litsey sifatida “Respublika Moliya litseyi” nomi bilan ta’sis etildi. Kasb – hunar ta’lim markazining 2002 -yil 6-martdagi 65-sonli buyrug’iga binoan “Respublika Moliya litseyi” ga “Moliya Akademik litseyi” maqomi berildi va u “Moliya Akademik litseyi” sifatida yangi, Koreya davlatidan imtiyozli kredit hisobiga zamonaviy asbob-uskunalar, texnika vositalari bilan jihozlangan zamonaviy binoda faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Litseyning umumiy quvvati 600 ta o’quvchini qabul qilishga rejalashtirilgan.

 

Biz haqimizda ma’lumot

 

Mustaqil davlat sifatida shakllanayotgan O’zbekiston Respublikasi uchun, uning iqtisodiy – ijtimoiy, madaniy-ma’naviy hamda huquqiy salohiyatini baland ko’tarish uchun bilimli, qobiliyatli, Prezidentimiz I. A. Karimov ta’biri bilan aytganda – elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan yoshlarni tarbiyalashga katta e’tibor qaratilmog’i kerak edi va yurtboshimiz rahnamoligida shunday yo’l tanlandi. Barkamol avlodga ta’lim va tarbiya berishning istiqbolli dasturi – “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Tan olish kerakki, bundayin ta’lim va tarbiya yo’nalishlariga qaratilgan muhim hujjatlarning yuzaga kelishi mustaqillik ne’matidir, istiqbolimiz sharofatidir.

Litsey ikkita asosiy yo’nalishda o’quvchilarni tayyorlaydi.

Aniq fanlar yo’nalishi.

Ijtimoiy gumanitar yo’nalishi.

Mazkur litseyda: Matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot hamda informatika fanlari aniq fanlar yo’nalishi uchun

Tarix, ona tili va adabiyot,  ingliz tili fanlari ijtimoiy gumanitar yo’nalishi uchun  chuqurlashtirilgan dasturlar asosida o’qitiladi.

Litseyning vazifasi – O’quvchi yoshlarni fozil va komil inson qilib tarbiyalash, ularning iste’dodini sayqallashtirish, salohiyatini ko’tarish, oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishga tayyorlash.

Qayta aloqa

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha axborot uning mualliflariga (Moliya akademik litseyi rahbariyatiga) tegishli.
Toshkent 2015