UZ | RU | EN
TMI Qoshidagi Moliya Akademik Litseyi
Rasmiy Web Sayti

Asosiy Nizom

  • Har kuni darslarga formada kelish
  • Darslarga mobil telefonlar olib kelmaslik
  • Darslarda e'tibor bilan qatnashish
  • Ijtimoiy tadbirlarda faollik ko`rsatish va ishtirok etish

Tezkor Yuklamalar

  • Dars jadvali
  • Qoida buzuvchilar ro`yxati
  • Yotoqxonada turuvchilar ro`yxati
  • Asosiy adabiyotlar ro`yxati

3.03.2017 TMI QOSHIDAGI “ MOLIYA AKADEMIK LITSEYI”DA O’TKAZILGAN “OILA MAXALLA TA’LIM MUASSASASINI HAMKORLIGI” MAVZUSIDAGI TADBIR o’tkazildi

Tadbirda  Yunusobod tuman IIB boshlig’i N.Xayitov, Yunusobod tuman xokimi M.Mirqosimov, Yunusobod tuman prakratura xodimi O Xalilov va Obod mahallasi faollari,Litseyni O’IBDO’ Z Eshmonova, MMIBDO’ J.Yusupov va yotoqxona tarbiyachilari,litsey yotoqxonasi o’quvchilari qatnashdilar.

O’tkazishdan maqsad:Jinoyatchilikni oldini olish unda mahalla va ta’lim muassasasini ro’li,mahallada amalga oshirilgan jinoyatlarni oldini olish va bo’lib o’tgan jinoyatni Obod mahallada yashovchi K.V.I Gorovichning qilgan jinoyati haqida ochiq muloqot bo’ldi.

“OILA MAXALLA TA’LIM MUASSASASINI HAMKORLIGI”

Tadbirda dastlab Yunusobod tumani hokimi M.Mirqosimov kirish so’zi bilan ochdi.U quyidagilarni ta’kidladi prezidentimizni 9-fevral kuni selektr yig’ilishida ichki ishlar o’rganlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari xaqida ma’ruza qilar ekan unda xar payshanba kuni jinoyatchilikga qarshi kurash kuni deb e’lon qilinganligi unda asosan mahallani ro’li kuchli ekanligini aytib o’tildi.Shundan keyin yoshlarni kamol topishida ta’lim muassasasi va mahalla juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi. Biz jinoyatchilikga qarshi kurashishda birgalikda faol xamkorlik qilishimiz mahallamizning tinchligi yurtimiz tinchligiga bevosita bog’liqligi,mahallamizda bo’layotgan jinoyatlarni har tomonlama o’rganish ularga befarq bo’lmaslik haqida gapirar ekan yaqinda bir jinoyatni aytib o’tdi ya’ni rus millatiga mansub O’zbekiston fuqorosi K.V.Igorovich qonunlarimizga zid ravishda o’z yashab turgan uyida fohishaxona tashkil qilganligini ta’kidlab o’tdi shunday xodisalarga kim aybdor ekanligini avvalo bunda maxallani befarqligi xaqida aytib o’tib bu kabi jinoyatlar qaytib sodir bo’lmaligi uchun birgalikda harakat qilish kerakligini ta’kidladilar shundan keyin so’zni Yunusobod tuman IIB Boshlig’i N.Xayitov ga berib unda mazkur jinoyat tafsilotlarini aytishini ta’kidladilar

So’zga N.Xayitov chiqib  xam jinoyatni tafsilotlari,kelib chiqishida befarqlik sabab bo’lganligini aytdi ichki ishlar xodimlaridagi kamchiliklarni borligini uni endi takrorlamaslik,buni zamon ko’tara olmaligini aytdi.Chunki xozirda aholi tomonidan ayniqsa yoshlar jinoyatchiligi ko’payib ketyapturganligini ta’kidlab prafilaktika nozirlarini ishlarini salbiy baholab bundan keyin kamchiliklarni bartaraf qilish kerakligi lozim ekanligi bunda bizga mahalla axolisi yordam berish kerak deb so’zini davom ettirib kuni kecha fuqaro K.V.Igorovichning uyida foxishaxona tahkil qilganligini aytdi bu jinoyatga kim sababchi ekanligi uning kelib chiqishi sabablarini xaqida to’xtalib unda avvalo mahalla qo’shnilar prafilktika nozirini befarqligini aytib o’tdi u oldin xam sudlanganligin uylariga doim begona shaxslar kelishini xech kim xolatga e’tibor bermaganligini ta’kidladi va maxalla a’zolariga bunga qanday jazo berish buni jamiyatga nafi tegadigan insonga aylantirish kerakligini aytib o’tib jinoyatchiga savol berdi nima uchun buni qilganligini aytdi bu uchun qancha pul olganligini so’radi, Igorovich esa pul uchun qilganligini aytib o’tdi,Shu narsa e’tiborliki jinoyatchini afsuslanish degan narsa ko’rinmayapturganligini ta’kidladi.Shu kabi jinoyatlar nima uchun kelib chiqyapti qachongacha bunga e’tibor bermaymiz deb murojaat qildi.

Shundan keyin mahalla axolisini fikrlari tinglandi. So’zga Obod mahallasi raisi chiqib bundan buyon buni qattiq nazoratga olishligini mahalladagi posbonlardan xar-kuni nazoratga qo’yishligini aytib o’tdi uning so’zidan keyin tuman prakratura xodimi O.Xalilov chiqib buni qamash kerakligini ta’kidlab shu yerni o’zida uni aholini fikrlarini eshitib qamoqqa olishdi.

Tuman IIB Boshlig’i yana bir bor so’zga chiqib aholiga bundan keyin sizlar bilan xamkorligimizni kuchaytiraylik xar qanday noqonuniy xolat bo’yicha prafilaktika noziriga zudlik bilan xabar berish kerakligini va xozirda prafilaktika noziriga xam shu mahalladan uy-joy ajratilishi kerakligi bu xozirda ko’rib chiqilyapturganligini ta’kidladi.Bu xar-tomonlama xammaga qulaylik tug’dirishi xoxlagan odam xoxlagan paytda prafilaktika noziriga xabar bera olishini ta’kidladi.

Tadbir yakunida tuman xokimi so’zga chiqib maxalla axolisidan o’zlarini qiynayapturgan muammolar va takliflari bo’lsa murojaat qilishlari mumkinligini aytib o’tdi.Mahalla axolisi birinchi o’rinda maxallani avtoransport yo’lini ta’mirga muxtoj ekanligini aytib o’tdi shundan keyin maxalladagi vrachlik punkitida tibbiy xizmat olishda qiynalyapturganliklarini ma’lum qilib bu bo’yicha yordam berishlarini aytdilar.Tuman xokimi bu xolatlar yuzasidan amaliy yordam berishligini aybdorlar bo’lsa qonunga mos ravishda jazolanishini aytib o’tib tadbirni yakunladi

Tadbir yakunida Yunusobod tuman hokimiyati dorixona vakillarini xam ogohlikga chaqirib ularga Toshkent shahar xokimini dorixonalarda videokuzatuv ishlarini yanada takomillashtirish bo’yicha qarorini aytib o’tdi ularga 5 kun ichida vedio kuzatuv qo’yish kerakligini ta’kidladi

Qayta aloqa

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha axborot uning mualliflariga (Moliya akademik litseyi rahbariyatiga) tegishli.
Toshkent 2015